Biz haqimizda

Maqsadimiz har bir insonga sifatli va dolzarb bilimlarni egallashga yordam berish.

SHU YERDA, HOZIR, ONLAYN.

Eduonline.uz ⎼ yurtimizning malakali ustozlari onlayn dars berishlari uchun yaratilgan  bo‘lib, u siz kabi yoshlarga ta’lim olish uchun yangi imkoniyatlar eshigini ochib beradi. Eduonline.uz hozirgi pandemiya vaqtida va bundan keyin barcha qiziquvchilar uchun yurtimizning eng iqtidorli o‘qituvchilarining sodda va tushunarli darslariga istalgan joydan, istalgan vaqtda qatnashib o’rganish imkoniyatini beradi.

Onlayn kurslar fanlar bo‘yicha tuzilgan bo‘lib, har bir kurs kirish imtihonlariga tayyorlanishda abituriyentlar uchun kerakli bo‘lgan shu fanning to‘liq mavzularini o’rgatishga yordam beradi. Ustozlar onlayn darslarda o‘zlarining ko‘p yillik tajribalaridan kelib chiqib, o‘quvchilarga qaysi mavzularni qanday tushuntirishni chuqur anglagan holda bor mahoratlarini ishga solib dars o’tadilar.

O‘qituvchilarni tanlab olish jarayoni ham ma’lum talablar asosida - ularning o‘qituvchilik faoliyatini, o‘quvchilarining o‘zlashtirish darajalarini va erishgan yutuqlarini hisobga olgan holda amalga oshirilgan. Shuning uchun, sizga bu eduonline.uz saytida o’qish ma’qul kelishiga ishonamiz.

Bizning asosiy maqsadimiz – Eduonline.uz fanlarni o’zlashtirishda shunchaki bir vosita bo‘lib qolmasdan, kelajakda ta’lim olishning ajralmas bir qismi sifatida xizmat qilishiga erishishdir. Biz saytga doimiy ravishda yangi funksiyalarni qo’shish va darslar berishni yanada soddalashtirish orqali onlayn darslarni yanada ko’proq insonlarning ta’lim olishi uchun foydali bo‘lishiga bor kuchimiz bilan harakat qilamiz. Buning uchun siz aziz foydalanuvchilarmizdan ko‘proq takliflarni, yangidan yangi g‘oyalarni bajonidil kutib qolamiz.